Bosh konsulxona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga!


Turkiya Hukumati Migratsiya boshqarmasining bayonotiga ko’ra, mamlakatga noqonuniy ravishda kirgan, viza yoki yashash uchun ruxsatnomasi (Ikamet izni) bo’lmagan, ruxsatnomasiz (Çalışma izni) ishlayotgan, firibgarlik qilgan, jamoat tartibi, xavfsizligi hamda sog’lig’iga tahdid soladigan chet elliklarni deportatsiya qilish jarayonlari davom etmoqda.

Bu masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga, fuqarolarimizning huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlanib, olib ketilishi bilan bog’liq ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Shu kabi holatlarda, ushlangan fuqarolarimizning shaxsini tasdiqlovchi pasportlarini, begonalarga bermasdan, Bosh konsulxonaning xodimlariga murojaat etib, taqdim etish tavsiya etiladi. Bu o’z navbatida ularning mazkur holatdagi masalalarini tezroq hal qilish imkoniyatini yaratadi.

Yana bir bor eslatib o’tamiz, Turkiya hududida shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlaringizni (Kimlik ID karta, pasport) yoningizda ehtiyot qilib olib yuring.

Politsiya tekshiruvi o'tkazilayotgan vaqtda siz yashash uchun ruxsatnoma kartangizni (Kimlik ID kartasi) pasportingiz bilan ko'rsatishingiz kerak.