O‘zbekiston xavfsiz sayohatlarning global protokollarini tatbiq qiluvchi mamlakatlar qatoriga qo‘shildi
Jahon sayohat va sayyohlik kengashi (WTTC) turizm sohasi, hukumatlar, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar mutaxassislari bilan birgalikda turizm sohasini qayta tiklash bo‘yicha saʼy-harakatlarni birlashtirish, mazmunli harakatlar rejalarini ishlab chiqish maqsadida #Safetravel (xavfsiz sayohat) protokollarini ishlab chiqqan. Protokollar xususiy sektor xodimlari va sayyohlar xavfsizligini taʼminlash uchun umumiy standartlarga moslashtiradi.