Bosh konsulxona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi

O‘zbekiston va Turkiya parlamentlari rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida Qurbon hayiti bayrami bilan tabrik almashdilar



Kecha O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva va Turkiya Buyuk millat majlisi spikeri Mustafo Shentop o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda Turkiya Buyuk millat majlisi Spikeri Mustafo Shentop hamkasbi Tanzila Norboyevani va u orqali butun o‘zbek xalqini muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.