
Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan munosabatlarning samarali va jadal ruhini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ikki mamlakat yetakchilarining muntazam muloqoti do‘stlik va strategik sheriklik rishtalarini mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilmoqda.
Mavlud Chavusho‘g‘li O‘zbekiston Prezidentiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Ushbu mamlakatda mustahkam tinchlikka erishish va uning iqtisodiyotini tiklash borasida yaqindan hamkorlik qilish muhim ekani taʼkidlandi.